Markaziy Osiyoning beshta davlatidan nogironligi boʻlgan shaxslar tashkilotlari faollari, jumladan, “Markaziy Osiyodagi nogironligi boʻlgan shaxslarga iqlim oʻzgarishining taʼsirini bartaraf etish” (ADCA) dasturining grant oluvchilari Nyu-Yorkda boʻlib oʻtgan C5+1 uchrashuvida oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashishdi.

Ishtirokchi-davlatlar va fuqarolik jamiyati vakillari hamda ijtimoiy inklyuzivlik targ‘ib qiluvchi faollar  dunyo miqyosida nogironligi bo‘lgan shaxslarni huquqlarini ta’minlash masalalarini muhokama qildilar. Bu yilgi anjuman xalqaro hamkorlik, nogironligi bo‘lgan shaxslarni bandligini ta’minlash va favqulodda vaziyatlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlandi.

Tashkilotimiz Kengashi a’zosi Ulug‘bek Mamatxonov Yevroosiyo jamg‘armasi ko‘magi asosida AQShga safar qildi va C5+1 (beshta Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh hamkorlik platformasi) uchrashuvida ishtirok etdi. Ushbu yig‘ilishda nogironlarning xalqaro huquqlari bo‘yicha AQSh maxsus maslahatchisi Sara Minkara va AQShning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi missiyasi Markaziy Osiyoning barcha 5 ta davlatidan hukumat vakillari va nogironlar jamoat birlashmalari a’zolarini qabul qilishdi. Ishtirokchilar butun mintaqada va undan tashqarida nogironlik inklyuziyasini rivojlantirish yo‘llarini muhokama qildilar.

Shuningdek, Markaziy Osiyo delegatsiyasi a’zolari Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga a’zo davlatlar konferensiyasida (COSP17) ham ishtirok etishdi. Tashkilotimiz vakili Ulug‘bek Mamatxonov O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni inklyuziyasini rivojlantirish bo‘yicha katta bilimi va uzoq tajriba ega. Hozirda u kelajakka e’tibor qaratib, O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishining nogironligi bo‘lgan shaxslarga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha tashkilotimiz loyihasini rahbari sifatida faoliyat olib bormoqda.

Ulug‘bek nogironligi bo‘lgan shaxslarning iqlimga tayyor bo‘lish istiqbollarini kengaytirmoqda. «Biz uchun nima yaxshi ekanini o‘zimiz hammadan yaxshiroq bilamiz, nafaqat iqlim o‘zgarishi jarayonlarida, balki har sohada», deydi Ulug‘bek.

Yevroosiyo Jamg‘armasining “Nogironlik inklyuziyasini iqlim bo‘yicha harakatlarda targ‘ibot qilish” dasturi ko‘magida tashkilotimiz hukumatning favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha rasmiylari bilan tajriba almashish loyihasini boshladi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti bilan hamkorlikda «O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining iqlim o‘zgarishi sharoitida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha salohiyatini oshirish» loyihasini amalga oshirib kelmoqdamiz.

Quyidagi videoni tomosha qilib Ulug‘bekni o‘zidan ko‘proq ma’lumot oling.

Yevroosiyo Jamg‘armasiga butun jamoamiz nomidan samimiy minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Suratlar: Eurasia Foundation.