2024-yil 1-mart kuni Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti bilan o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladi.

Ushbu hamkorlikning maqsadi: Uzoq muddatli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy integratsiyasini ta‘minlashga yo‘naltirilgan bir qator qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat.

Hamkorlik yo‘nalishlari:

  1. Oliy Ta‘lim muasssasalarida va butun mamlakat bo‘ylab kengaytirilgan integratsiyasini ta‘minlash bo‘yicha hamkorlik qilish.
  2. Toshkent Xalqaro Vestminstr Universitetining professor o‘qituvchilari, talabalari, va mazkur soha bo‘yicha faoliyat olib boruvchi xodimlarga, nogironlik tushunchasi, nogironlikning ijtimoiy modeli, nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan muloqotga kirishish kabi mavzularda treninglar tashkil etish.
  3. Tashkilotimiz Toshkent Xalqaro Vestminstr Universitetining nogironligi bo‘lgan talabalarni o‘qitishda nogironlik holatidan kelib chiqib, ularni ehtiyojlarini hisobga olgan holda  dars jarayonlarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashadi.

Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi rahbariyati va xodimlari nomidan maqsadli hamkorlik uchun Toshkent Xalqaro Vestminstr Universiteti rahbari B. Mirkasimovga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.