“SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi yangi ofisda ish boshladi

“SHAROIT PLYUS” NJB bir necha yillardan buyon o’z ofisiga ega bo’lmagan edi. Tashkilot rahbari Raximova Muxabbatning say-harakatlari va “Bobodehqon” mahalla fuqarolar yig’ini raisi Dilmurod Bekmuhamedovning amaliy yordamlari tufayli 2021 yil 1-fevraldan boshlab barcha sharoitlari mavjud shinamgina yangi ofisda o’z faoliyatini davom ettirishni boshladi.

Bizning tashkilotimiz jismoniy imkoniyati cheklangan va ularning hayotiga befarq bo’lmagan kishilardan iborat. 2009 yildan buyon biz o’z-o’ziga yordam guruhi sifatida faoliyat yuritganmiz. 2016 yil 29-dekabrida tashabbuskor guruhimiz rasman nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) sifatida Toshkent shahar Adliya boshqarmasida davlat ro’yxatidan o’tgan. Bizning maqsadimiz  – turli xil nogironligi bo’lgan insonlarning o’zini o’zi anglashi orqali ular uchun teng sharoit va imkoniyatlarni yaratish, shuningdek, ularning oila a’zolarini qo’llab-quvvatlash.

“SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi ofisining tashqi ko’rinishi

Shu paytgacha Birlshama raisi Muxabbat Raximova va uning doimiy ishchi organi xodimlari tashkilot faoliyatini samarali olib borish, a’zolar bilan erkin muloqot o’rnatish va ularga turli xil ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatishda ish joyi masalasida qiynalib kelgandilar. Tashkilot yuridik manzili: 100034 Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy ko’chasi, 353-uy Toshkent shahar Kar-soqovlar madaniyat markazi binosi ichida bo’lgani bilan, u bino jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar foydalanishi uchun to’liq moslashmagan edi.

“SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi raisi Muxabbat Raximova ish jarayonida

Yunusobod tumanida joylashgan “Bobodehqon” mahalla fuqarolar yig’ini raisi Dilmurod Bekmuhamedovning amaliy yordamlari tufayli 2021 yil 1-fevraldan boshlab barcha sharoitlari mavjud shinamgina yangi ofisda Birlashmamiz o’z faoliyatini davom ettirishni boshladi. Shu sababli “SHAROIT PLYUS” NJB rahbari Muxabbat Raximova ofis masalasida yaqindan amaliy yordam berganlari uchun “Bobodehqon” MFY raisi Dilmurod Bekmuhamedovga birlashmaning barcha a’zolari nomidan va shaxsan o’z nomidan chuqur minnatdorchilik bildiradi.

Eslatib o’tamiz bizning yuridik manzilimiz hali ham Toshkent shahar Kar-soqovlar madaniyat markazida.

Amaldagi manzilimiz:

100114, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Hiyobon ko‘chasi, 43-uy, “Bobodehqon” mahalla fuqarolar yig’ini

Tel.: +998 99 8172464, +998 99 3069033

Yo’l xaritasi:

Koordinatlar: 41.380832, 69.312017

Ish tartibi:

Dushanba: 10:00 – 16:00
Seshanaba: 10:00 – 16:00
Chorshanba: 10:00 – 16:00
Payshanba: 10:00 – 16:00
Juma: 10:00 – 16:00
Shanba:  Dam olish 
Yakshanba:  Dam olish 

 

A’zolarni qabul qilish:

Seshanba, Juma.

 

Birlashmamiz faoliyatiga o’z xissangizni qo’shmoqchi boʻlsangiz Click/Payme orqali homiylik qilishingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/