2021-yil 6-sentyabr «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi Mirzo Ulug’bek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti bilan 2021-2026 yillarga oʻzaro hamkorlik toʻg’risida shartnoma tuzdi.

Mazkur shartnomani bir tarafdan Mirzo Ulug’bek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti I.U.Madjidov va ikkinchi tarafdan Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi raisi M.A.Raximova bilan tuzdilar. Shartnomaning asosiy maqsadi:

OʻzMU ijtimoiy fanlar fakulteti «Ijtimoiy ish kafedrasi» bilan «SHAROIT PLYUS» tashkiloti oʻrtasida hamkorlik asosida malakali kadrlar tayyorlashni amalga oshirish.

Oʻzaro hamkorlikni quyidagi vazifalari belgilanib olingan:

  • Hamkorlikda Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bakalavriat yoʻnalishlari va ularning negizidagi magistratura mutaxassisliklari uchun Davlat taʼlim standartlari, namunaviy oʻquv rejalar va fan dasturlarini ishlab chiqish

  • O‘zaro hamkorlik asosida Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoasi birlashmasi malakali yetakchi xodimlarini taʼlim jarayoniga jalb etish

  • Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi bazasida talabalar malakaviy amaliyotini oʻtkazishni tashkil etish

  • Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi yetakchi mutaxassislarini talabalar malakaviy amaliyoti bitiruv malakaviy ishi magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbar sifatida jalb qilish

  • Hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish; oʻquv adabiyotlarini yaratish; anjumanlar o‘tkazish; sohadagi dolzarb muammolarga bag’ishlangan ilmiy maqolalar chop etish

  • Zarur xollarda Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi bazasida kafedralar filiallarini tashkil qilish

  • Amaliyot obyektidagi malakali yetakchi mutaxassislarni taʼlim jarayoniga jalb etish.

Shartnomaning to‘liq matni bilan havolani bosib tanishishingiz mumkin.