Tashkilotimiz turli xil nogironligi bor shaxslarning kasbiy malakasini oshirish, munosib ish topish, huquqiy savodxonliklarini oshirib ularga bepul huquqiy maslahatlar berib kelyapti. O‘tgan yili O‘zbekistonda inklyuziv va ijtimoiy rivojlanish haqida xabardorlikni oshirish maqsadida MediaPlus.uz platformasini ham ishga tushirdi. Mazkur loyiha «SHAROIT PLYUS» qoshida zamonaviy media-markaz tashkil etishni ko‘zda tutadi.
Tashkilotimiz oxirgi besh yil davomida turli xil loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. O‘zbekistonda nogironlik va inklyuziva mavzusida 100 ga yaqin audio podkastlar, 50 ortiq ijtimoiy video roliklar, «Ko‘zgu» nomli qisqa-metrajli ijtimoiy film, 800 dan ortiq audio-kitoblar jamlagan Kitob Plus onlayn audio-kutubxona, hamda O‘zbek imo ishora tilida, oson matn, video va audio formatlarda 72 dan ziyod huquqiy maqolalarni tayyorlagan va bu borada boy tajriba to‘plagan.
Ammo bu faoliyatni yanada samaraliroq tashkil etish uchun turli toifadagi nogironligi bo‘lgan xodimlarimiz erkin harakatlanoladigan suratga olish joyi, video olish va uni montaj qilish hamda ovoz yozish studiyalariga o‘tkir ehtiyoj sezilmoqda.
Ushbu loyiha Toshkent shahridagi nogironligi bo‘lgan ijodkorlari, jurnalistlari, blogerlar va media sohasi bilan shug‘ullanishni istovchi iste’dodli nogironligi bor yoshlar uchun innovatsion maydon yaratishga yo‘naltirilgan. Ushbu media markazini tashkil qilish orqali, Sharoit Plyus dasturiy yo‘nalishlari faoliyatini rivojlantirish va turli xil nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay shakllarda ma’lumotlar chop etiluvchi MediaPlus.uz inklyuziv ommaviy axborot vositasi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga erishilmoqchi.
Muammo tahlili
Toshkent shahar, Yunusobod tumani Xiyobon ko‘chasi 22-uy “Bobodehqon” MFY hududida tashkilotimiz imtiyozli narxlarda ijaraga olgan binoning orqa qismida Media-markaz tashkil etiladi. Bugungi kunda ushbu binoning ichki va tashqi qurilmalari kapital ta’mirlanishga muhtoj va faoliyat yuritish uchun mos sharoit va qulayliklarga ega emas. Kommunal infratuzilmasidan ham uzilgan.

Binoning tashqi ko‘rinishi ta’mirtalab holatda
Binoni ichida bir nechta xonalar ta’mirlanib – ijod va video montaj xonasi, ovoz yozish studiyasi uchun alohida xona, konferensiya zalda video va audio podkastlar, intervyular va davra suhbatlari suratga olinadi.

Binoning ichki ko‘rinishi ham ta’mirtalab
Media markaz barcha toifadagi nogironligi bo‘lgan insonlarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda ta’mirlanadi. Ushbu markaz orqali inklyuziv media sohasi bo‘yicha turli yo‘nalishlarda nogironligi bo’lgan yoshlarga nazariy va amaliy bilim berish, texnik ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda professional media mahsulotlar yaratish uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
Loyihaning maqsad va vazifalari
- 20 dan oshiq nogironligi bo‘lgan blogerlar, san’atkorlar va jurnalistlardan iborat ijodiy guruh uchun barcha qulayliklarga ega suratga olish va ovoz yozish studiyalarini tashkil qilish.
- Axborot-tahliliy va multimedia materiallar, eshittirish va ko‘rsatuvlar, voqea joyidan onlayn reportajlar tayyorlash, audio va video materiallarni qayta ishlash, ularni MediaPlus.uz veb-portaliga joylashtirish va boshqa ommaviy axborot vositalariga belgilangan tartibda yetkazib berish;
- O‘zbekistondagi axborot vositalari uchun barchaga qulay va inklyuziv formatlarda faoliyat ko‘rsatishlari bo‘yicha metodik yordam berish;
- Turli xil nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay formatlarda (O‘zbek imo ishora tili tarjimasi, oson matn formati, audio va video formatlar, tiflo-sharhlash) ma’lumotlarni tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqatish;
- Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarga mo‘ljallangan maxsus Kitob Plus bepul online kutubxonasi audio kitoblar fondini boyitish;
- Media makonda nogironlik masalalarini yoritishda nogironlikning ijtimoiy-huquqiy modelini keng targ‘ib etish.
| Vazifalar: | ||||
| № | Bajariladigan ishlar | Muddati | Kerakli qurilish ashyolari | Kerakli qurilish mahsulotlari |
| 1. | Inshootni ta’mirlab, media markazini tashkil etish | mart may oylari | Lesa, shyotkalar, shpatellar va chelaklar | Gips-a karton, Shpaklyovka, Kley, Vodoemulsiya va Krasitel, pishgan g‘isht, sement, qum, shiypon, aprofnastil, ovoz izolyatsiyasi vositalari |
| 2 | Inshootda isitish va sovitish tizimini ishga tushirish | Iyun, avgust oylari | Lesa, shyotkalar, shpatellar va chelaklar | Truba, isitish generatorlari, ariston konditsionerlar issiq pol tizimi |
| 3 | Elektr tizimini ishga tushirish | Iyun, avgust oylari | Lesa, shyotkalar, shpatellar va chelaklar izolenta | Elektr simlari, korp, tejamkor chiroqlar, rozetka va vklyuchatellar elektr tarmog’ini boshqaruvchi shit elektr xisoblagich. |
| 4. | Hojatxona | Iyun oyi | Smesitel, truba, shyotkalar, shpatellar va chelaklar | Kafel, sement, qum, sheybn, Shpaklyovka, Akfa eshik va rom unitaz, rakvina temir tutqichlar. |
| 5 | Media-markaz uchun inventar | Avgust, sentyabr oylari | Kompyuterlar, studiya uchun karnaylar, mikrofonlar, suratga olish kameralari, chiroqlar, stollar, stellaj, divanlar, kreslolar, proyektor, monitorlar, javonlar. | |
| 6 | Bino xavfsizligi tizimi | Avgust, sentyabr oylari | Kuzatuv kameralari, domafon, signalizatsiya tizimi, monitor. | |
Amalga oshirish zarur bo‘lgan ishlar, va xarajatlar summasi (hisoblash jarayonida). Loyihaning taxminiy byudjeti 300-350 million so‘m atrofida.
| № | Nomi | Birlikda soni | Birlikda summasi | Ko‘plikda soni | Ko‘plikda summasi |
| 1. | Buzdirish va tozalatish | ||||
| 2. | Sxemasini chizdirish | ||||
| 3. | Media markaziga moslashtirish | ||||
| 4. | Inshootda istish va sovitish tizimini ishga tushirish | ||||
| 5. | Elektor tizimi ni ishga tushurish | ||||
| 6. | Hojatxona | ||||
| 7. | Bino xavfsizligi tizimi | ||||
| 8. | Hovlini tartibga solish | ||||
| 9. | Xavfsizlik choralarini ko‘rish uchun kerakli ashyolarni joriy etish |
Loiyha jamoasi
Tashkilot rahbari: Muxabbat Raximova
Loyiha rahbari: Ulug’bek Mamatxanov
Loyiha hisobchisi: Iroda Narziyeva
Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz loyihamizga Click, Payme va Payze orqali homiylik qiling.
Loyihaga nomoddiy shaklda yordam bermoqchi bo‘lsangiz hamda savol va takliflaringiz bo‘lsa +998 (90) 113-25-52 telefon raqami orqali murojaat qiling.
