23-sentabr kuni «SHAROIT PLYUS» NJB a’zolari AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), Amerika Kengashlari va O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda ishtirok etishdi. Yoshlarni ishga joylashtirish imkoniyatini oshirish maqsadida umumiy qiymati 10 million AQSh dollarini tashkil etuvchi besh yillik «O‘zbekistonda yoshlar bandligi va tadbirkorligini rivojlantirish» (YES) dasturi rasman ishga tushirildi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2019 yildagi vaziyat tahliliga ko‘ra, O‘zbekistonda mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan yoshlar atigi 7,1 foizi rasman ish bilan ta’minlangan. Ish beruvchilar tomonidan o‘zlarining mehnat qobiliyatlari va salohiyatiga nisbatan stereotiplar va ishonchsizlik tufayli ularga ish topish 4 barobar qiyinroq. Qolaversa, yoshlarning o‘zlari ham mehnat ko‘nikmalarining keskin tanqisligiga ega va ular mehnat bozoriga kirishga tayyor emaslar.
Buning sabablaridan biri maktab o‘quv materiallarining qulay formatdagi – ko‘zi ojiz o‘quvchilar uchun Brayl alifbosi yoki audio versiyasida, kar va zaif eshituvchi bolalar uchun imo-ishora tiliga tarjima qilingan, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun oson o‘qiladigan formatda kitoblar yo‘qligidir.

“SHAROIT PLYUS” aʼzolari: Ulugʻbek Mamatxonov va Muzaffar Poʻlatov
Nogironligi bo‘lgan shaxslar hozirda bandlik darajasi juda kam. Umuman olganda, nogironligi bo‘lgan yoshlar ish bilan ta’minlash muammosi ta’limning yetishmasligiga bog’liq. Ular uchun, mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lish uchun kompetentsiyalarga ega bo’lish qiyinroq.
«SHAROIT PLYUS» nogironligi bo‘lgan yoshlarni qamrab olish va qo‘llab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlarni kengaytirish yo‘nalishidagi «YES» dasturining hamkori sifatida O‘zbekistonda ish beruvchilarning munosabatini o‘zgartirish va inklyuziv bandlikni rag‘batlantirish ustida ish olib boradi.

«SHAROIT PLYUS» a’zolari: Tashkilot raisi Muxabbat Raximova va SMM mutaxassisi Madina Sholangarova
USAIDning O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida ishga joylashish ko‘nikmalarini shakillantirish dasturi xalqaro ta’lim bo‘yicha «SHAROIT PLYUS», Amerika kengashlari (yetakchi tashkilot), World Learning, Tech4Impact shuningdek, Ergo Analytics kabi hamkorlar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Dasturning asosiy maqsadi – 8-11-sinf o’quvchilarini maktab va maktabdan tashqari mashg’ulotlarda, shuningdek, amaliy, tajribaga asoslangan o‘quv dasturlari va o‘quv amaliyotlarining sifati va dolzarbligini oshirish orqali yoshlarni O‘zbekistonning mehnat bozorida mahoratli xodim yoki tadbirkor sifatida ishtirok etishi uchun kerakli ko‘nikma va vositalar bilan ta’minlashdan iborat.
Dastur vazifalari quyidagilardan iborat:
- Maktablardagi iqtisodiyot va tadbirkorlik fani sifatini oshirish;
- Maktabdan tashqari ishga, tadbirkorlikka, va «moslashuvchan ko‘nikmalar»ga tayyorlik dasturlarining sifatini yaxshilash;
- Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jalb etish uchun qulay sharoitlarni kengaytirish.

Dilmurod Yusupov, “SHAROIT PLYUS” NNT hammuassisi va Kengashi aʼzosi ochilish marosimida nutq so‘zladi
O‘z navbatida, ushbu vazifalarni amalga oshirich uchun “SHAROIT PLYUS” , «YES dasturining» O‘zbekistondagi hamkori sifatida nogironligi bo‘lgan yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirishga e’tibor qaratadi. Zero, aynan nogironligi bo‘lgan yoshlarni o‘qitish, amaliyot o‘tashi va munosib ish bilan ta’minlash tashkilotimiz uchun ustuvor vazifa hisoblanadi.

Tadbir ishtirokchilari
