“Sharoit Plyus” “Yuksalish” umummilliy harakati a’zosiga aylandi

“Sharoit Plyus” Toshkent shahar nogironlar jamoat birlashmasi “Yuksalish” umummilliy harakati a’zosiga aylandi.

Joriy yilning 14 iyun kuni NNT «Sharoit Plyus» raisi Muhabbat Raximova «Yuksalish» umummilliy harakati raisi Akmal Burxonov bilan uchrashib, O’zbekistonda imkoniyati cheklangan insonlarni qo’llab-quvvatlash sohasida birgalikga harakat qilish hamda hamkorlik o’rtnatish haqida kelishib olishdi.

Uchrashuvda Akmal Burxonov “Yuksalish” umummilliy harakatida NNTlar uchun bepul coworking markazi tashkil etilgani hamda “Sharoit Plyus” rahbariyati ham markazda turli xil trening va seminarlar o’tkazishi mumkinligini aytib o’tdi.