Sharoit+ podkast 1-soni: “Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlari to’g’risida”gi Qonun haqida

“SHAROIT PLYUS” NJB yangi media loyiha boshladi! Endi nogironligi bo’lgan insonlar duch kelayotgan to’siqlar va ularni yechimlari haqida Sharoit+ podkasti orqali tinglashingiz mumkin.

2020-yil 15-oktyabr Prezident Shavkat Mirziyoyev “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi yangi qonunni imzoladi va keyingi yil 16-yanvardan boshlab kuchga kirishi kutilmoqda. Ushbu Qonun dastlab qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun taqdirini takrorlamasligi hamda nogironligi bo’lgan fuqarolarni huquq va manfaatlarini haqiqatan ham himoya qilishi uchun qanday choralar ko‘rish kerak?

Sharoit+ podkasti 1-sonining mehmonlari O’zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi raisi, huquqshunos Oybek Isoqov, “UMNICHKA” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari va nogironligi bo’lgan bolalar va ularning onalarini huquqlarini himoya qiluvchi mutaxassis Shahnoza Ikramova hamda Sasseks Universiteti doktoranti Dilmurod Yusupov. Moderator – Ulug’bek Mamatxonov. To’liq suhbatimizni pastdagi MP3 player orqali tinglashingiz mumkin.

Yuqoridagi podkastni tinglang yoki Google Podcast ilovasida Sharoit+ podkastiga obuna bo’ling.

Ushbu podkast turli xil nogironligi bo’lgan bolalar va ularning ota-onalari, yoshlar hamda kattalar ovozi bo’lishiga ishonamiz va umiq qilamiz!

Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz Click yoki Payme orqali loyihamizni qoʻllab quvvatlashingiz mumkin. Homiylik boʻyicha barcha qoʻshimcha maʼlumotlarni https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/ sahifamizdan olishingiz mumkin.