3-dekabr Xalqaro nogironlar kunini qanday nishonlash kerak? Bu kun bayrammi o’zi?

Sharoit+ podkastining navbatdagi soni 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni haqida. Bu kun qanday nishonlanishi kerak? Nogironligi bo’lgan shaxslarni bu bayram bilan tabriklash mumkinmi?

Har yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti 3-dekabr Xalqaro nogironlar kunini dunyo miqyosida nishonlashga chorlaydi va ushbu kun mavzusini tanlaydi. 2020-yil mavzusi “Nogironligi bo’lgan shaxslarning ehtiyojlarini inobatga oladigan, COVID-19 pandemiyasidan so’ng inklyuziv va barqaror dunyo sari” deb tanlangan.

BMTning ta’kidlashicha nogironligi bo’lgan shaxslarni jamiyatga jalb qilish inson huquqlarini ta’minlash, barqaror rivojlanishga erishish va tinchlik va xavfsizlikni o’rnatish uchun juda muhimdir. Shuningdek, nogironlik masalalari 2030 yilgacha barqaror rivojlanish kun tartibining asosiy maqsadlaridan biridir. Nogironlarni huquqlarini himoya qilish nafaqat adolat masalasi, balki umumiy kelajakka sarmoya hamdir.

Bu yil COVID-19 inqirozi dunyodagi tengsizlik va nogironligi bo’lgan insonlarni chetlatishga olib keldi. Bu esa nogironlarigi bo’lgan insonlarni jamiyatga qo’shishni bizning eng katta vazifamiz ekanligini ta’kidladi. Dunyoda bir milliardga yaqin nogironligi bo’lgan odamlar yashaydi va ular pandemiyadan eng ko’p zarar ko’rgan jamiyatimizdagi eng otrda qoldirilgan guruhlardan biri.

Oddiy sharoitlarda ham nogironligi bo’lgan insonlarni sog’liqni saqlash, ta’lim olish, ishga joylashish va jamoatimizda ishtirok etishlari uchun kam imkoniyatga ega. O’zbekistonda nogironligi bo’lgan insonlar chetda qolmasligi uchun kompleks chora-tadbirlar zarur. Bizning davlatimizda madaniyat va urf-odatlarimizdan kelib chiqqan holda 3-dekabr qanday nishonlanadi? Bu bayrammi o’zi?

Shu savollarni muhokama qilish uchun Sharoit+ podkastining 2-soniga O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining Ta’lim va inklyuziya boshqarmasi boshlig‘i Madina Badalova, Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazining psixologi va “Mo’jizalar vaqti” (“Vremya chudes”) volontyorlik harakati asoschisi Shirin Abidova hamda doimiy mehmonimiz Sasseks Universiteti doktoranti Dilmurod Yusupovni taklif qildik . Suhbatimiz juda ham qiziqarli va samimiy bo’ldi. Moderator: Ulug’bek Mamatxonov.

Yuqoridagi podkastni tinglang yoki Google Podcast ilovasida Sharoit+ podkastiga obuna bo’ling.

Ushbu podkast turli xil nogironligi bo’lgan bolalar va ularning ota-onalari, yoshlar hamda kattalar ovozi bo’lishiga ishonamiz va umiq qilamiz!

Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz Click yoki Payme orqali loyihamizni qoʻllab quvvatlashingiz mumkin. Homiylik boʻyicha barcha qoʻshimcha maʼlumotlarni https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/ sahifamizdan olishingiz mumkin.