Sharoit+ podkast 3-soni: Pandemiya ko’zi ojiz bolalar ta’limiga qanday ta’sir qildi?

COVID-19 pandemiyasi ko’zi ojiz bolalar ta’limidagi qanday muammolarni ko’rsatib qo’ydi va ularni yechimni topish uchun nimalarni qilish kerak? Sharoit+ podkastining navbatdagi soni shu haqida.

Xalq ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, respublikamizda 86 ta jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uchun ixtisoslashgan maktab va maktab-internatlar mavjud. Ularda jami 21 363 nafar o‘quvchi ta’lim oladi. COVID-19 pandemiyasi va O’zbekistonda qo’llanilgan qattiq karantin choralari maktablarni yopib barcha darslarni televizor yoki Internet orqali onlayn tarzda tashkil etishga majbur qildi. Bunday keskin choralar ko’zi ojiz bolalar ta’limiga qanday ta’sir o’tkazdi?

Ko’zi ojizlar ta’limi sohasida to’planib qolgan masalalarni muhokama qilish uchun Sharoit+ podkastining 3-soniga O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati Qashqadaryo viloyati bo’limi raisi, psixolog va pedagog Po’latov Xaqnazar aka, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi G’iyosov Mirali hamda doimiy mehmonimiz Sasseks Universiteti doktoranti Dilmurod Yusupovni taklif qildik. Moderator: Ulug’bek Mamatxonov.

Google Podcast ilovasida Sharoit+ podkastiga obuna bo’ling.

Ushbu podkast turli xil nogironligi bo’lgan bolalar va ularning ota-onalari, yoshlar hamda kattalar ovozi bo’lishiga ishonamiz va umid qilamiz!

Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz Click yoki Payme orqali loyihamizga homiylik qiling: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/.