Sharoit+ yangi a’zolari bilan yig‘ilish

13 iyul shanba kuni “Sharoit+” nogironlar jamoat birlashmasi yangi a’zolari bilan “Yuksalish” umummilliy harakati negizida nodavlat notijorat tashkilotlari uchun bepul tashkil etilgan kovorking-markazida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

NNT “Sharoit+” raisi Muxabbat Raximova takshilot yangi a’zolari bilan o‘zaro tanishuv o‘tkazdi va ular bilan “Madaniyatli bo‘lish nima degani?” mavzusi bo‘yicha suhbat o’tkazdi.

Sharoit+ tashkiloti imkoniyati cheklangan a’zolari huquqlarini himoya qilish va har taraflama rivojlanishlari uchun teng imkoniyatlar yaratishni o‘ziga maqsad qilgan. Ularning o‘z ijodiy imkoniyatlarini amalda qo‘llashlari, aqliy va ma’naviy rivojlanishlari va o‘z zamonasining munosib vakillari bo‘lib yetishishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

Bizni qo‘llab-quvvatlang: https://sharoitplus.uz/uz/hayriya-qilish/