Sherik maslahati

Sherik maslahati – bu nima?

Sherik maslahati – bu imkoniyati cheklangan kishilarning nogironligi bor boshqa kishilarni psixologik tomondan qo’llab-quvvatlashidir. “Sherik maslahati” konsepsiyasi faqatgina imkoniyati cheklangan kishilar nogironligi bor boshqa insonlarning holatini boricha tushunishlari mumkinligini nazarda tutadi.

Sherik maslahatini kim o’tkazadi?

  • Sherik maslahati seansi nogironligi bor ikki nafar kishidan iborat bo’lib, ularning biri tayyorlangan hamda konsultatsiya qoidalari va qo’llaniladigan uslublarni tushuntirib beroladigan trener bo’lishi kerak.
  • Bizning trenerlarimiz bunday konsultatsiyani o’tkazish bo’yicha juda ko’p mashqlar va jarayonlar orqali tayyorlanishgan.

Sherik maslahati sessiyasi qanday tartibda o’tkazilishi kerak?

  • Jarayon mahfiylik saqlanib qoladigan joyda o’tkazilishi kerak. Bu nogironligi bor insonga o’zini xavfsiz va erkin xis qilishga yordam beradi va u o’z kechinmalarini trener bilan bo’lisha oladi.
  • Trener sherigi bilan bir sessiya vaqti davomida muloqot qiladi. Sheriklar sessiya davomida gaplashilgan gaplar sessiyadan so’ng boshqa kishilarga oshkor etilmasligiga va’da berishadi.

Sherik maslahatida kim ishtirok etishi mumkin?

Reabilitatsiya markazlarida reabilitatsiya va davolanish xizmatlarini oladigan nogironligi bor kishilar ushbu konsultatsiyada ishtirok etishlari mumkin, chunki bunday markazlarda professional ijtimoiy ishchilar yetishmasligi sababli zarur psixologik yordam berilmaydi.

Hayoti davomida nogironlikga uchragan kishilar o’zlarining yangi holatlarini qabul qila olishmaydi. Shu sababli, ularga o’zlarini shunday holda qabul qilish juda qiyin bo’lishi mumkin, chunki ularning hayotida ilgari jismoniy va boshqa biron-bir cheklovlar bo’lmagan. “Sherik maslahati” konsultatsiyasi qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan shunday kishilarga zarur psixologik yordamni ko’rsatadi.

Shu bilan birga, bolalikdan nogironligi bo’lgan odamlar ham o’zlarini qabul qilish va “Sherik maslahati” konsultatsiyasida qatnashish orqali jamiyatning boshqa a’zolari bilan yaxshi munosabatlarni o’rnatish uchun o’zilariga bo’lgan ishonchni kuchaytirish uchun bunday yordamga muhtoj.

Agar siz yoki do’stlaringiz qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolsa, biz bilan bog’laning.

Telefon: +998 71 222-9229