Tadbirkorlar uchun inklyuziv mehnat imkoniyatlari to’g’risida vebinar tashkil etildi

“SHAROIT PLUS” nogironlar jamoat birlashmasining inklyuziv mehnat bo’yicha loyihasi rahbari Dilmurod Yusupov O’zbekiston ish beruvchilar Konfederatsiyasi bilan hamkorlikda mahalliy tadbirkorlar uchun vebinar o’tkazdi.

2021 yil 23 martda “Biznes Klinika” loyihasi doirasida O’zbekiston Ish beruvchilar Konfederatsiyasi Ijrochi direktori Eliko Margishvili ko’magida “Nogironlarni inklyuziv ish bilan ta’minlash – biznes uchun imkoniyatlar” mavzusida vebinar o’tkazildi. Nogironligi bo’lgan ishchilarning afzalliklari, shuningdek soliq imtiyozlari to’g’risida o’zbekistonlik tadbirkorlar o’rtasida xabardorlik oshirildi.

BMTning O’zbekistondagi ijtimoiy himoyani yaxshilash bo’yicha qo’shma dasturining grant ko’magi bilan amalga oshirilayotgan  “Maxsus rekruting veb-portali orqali imkoniyati cheklangan insonlarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash”  loyihasi rahbari jamiyatimizda shakillangan nogironlarning mehnat qobiliyatlari to’g’risida salbiy stereotiplar haqida batafsil gapirib berdi. Salbiy stereotiplarni yo’q qilib, u inklyuziv ish bilan ta’minlashning asosiy afzalliklari haqida gapirib berdi va bir nechta aniq muvaffaqiyatlar misollarini keltirdi.

Taqdimoti yakunida Dilmurod Yusupov O’zbekistonda nogironlarni ish bilan ta’minlash bo’yicha inklyuziv amaliyotni targ’ib qilish bo’yicha amaliy takliflar, shu jumladan nogironlik masalalari bo’yicha ishbilarmonlar kengashi / forumini yaratish, har yili o’tkaziladigan “Biznes teng imkoniyatlar uchun” forumini tashkil etish, bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi, stajirovkalar, nogironlar uchun kasbiy tayyorgarlik kurslari, shuningdek inklyuziv ish beruvchilar uchun davlat attestatsiyasi va motivatsiya tizimini joriy etishni taklif qildi.

Agar siz vebinarni o’tkazib yuborgan bo’lsangiz, quyidagi yozib olingan videoni tomosha qilishingiz mumkin:

 

Agar siz ish beruvchi bo‘lsangiz va inklyuziv mehnatga befarq bo‘lmasangiz, bizning loyihamizga hamkor bo‘ling va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bo‘sh ish o’rinlari, amaliyot yoki kasbiy tayyorgarlik kurslarini taklif etsangiz xursand bo‘lamiz. Hozircha loyihaning https://t.me/ishplus_uz Telegram-kanalida joylashtiramiz. Shuningdek, biz tashkilotingiz xodimlari uchun o‘xshash treningni tashkil qilishimiz mumkin. Savol va takliflaringizni bizning elektron pochta manzilimizga yuboring: sharoitplus@gmail.com.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni inklyuziv ish bilan ta’minlash bo‘yicha bizning loyihamizga Click yoki Payme to‘lov tizimlari orqali onlayn homiylik qilishingiz mumkin. Barcha ko‘rsatmalar shu yerda: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/