«Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish va ular uchun qulay formatlarda birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish» loyihasi doirasida tender e’lon qilamiz. Ushbu loyihamiz O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda qonun ustuvorligini va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida tashkil etilgan va Finlandiya Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan “Bepul yuridik yordam ko‘rsatish uchun kichik grantlar” dasturi doirasida amalga oshirilyapti.

Buyurtmachi: Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi (nodavlat notijorat tashkiloti)

Vazifalar:

  1. www.huquqplus.uz Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun huquqiy ma’lumotlar veb-portali doirasida turli shakldagi nogironligi bo‘lgan shaxslarga o‘z vaqtida birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish uchun ixtisoslashtirilgan Telegram botini ishlab chiqish.
  2. To’liq texnik shartlari bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

Tenderda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi IT-kompaniyalar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar ishtirok etishlari mumkin. Ijrochilar taqdim etishi kerak bo’lgan barcha kerakli materiallar va hujjatlar ro’yxati quyida keltirilgan. Barcha hujjatlar mavzu satrida “Telegram botini ishlab chiqish boʻyicha tenderda ishtirok etish uchun ariza” koʻrsatilgan holda sharoitplus@gmail.com elektron manziliga yuborilishi kerak.

Hujjatlar to’plami quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:

  • Kompaniyani ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi guvohnoma / yakka tartibdagi tadbirkor maqomi va tafsilotlari;
  • Mutaxassislarning malaka sertifikati (rezyume), shuningdek, Telegram botlarini ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshirilgan oldingi loyihalar haqida ma’lumot;
  • Xizmatlarni ko’rsatish narxini ko’rsatadigan tijorat taklifi.

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2024-yil 19-iyul

Elektron pochta manzili: sharoitplus@gmail.com