2024-yil 4-dekabr The Stirling Foundation loyiha menejerlari Endi va Shiri Larsen Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi bosh ofisida tashkilotimizning raisi Muhabbat Rahimova va Kengash a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Bosh ofisi AQShning Yuta shtatida joylashgan The Stirling Foundation jamg‘armasi 40 dan ortiq mamlakatda faoliyat olib boradi va 2024-yilda O‘zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlari (NNTlar) bilan hamkorlikni boshladi. Hozirgi kunda ushbu jamg‘arma O‘zbekistondagi bir nechta tashkilotlar bilan loyihalarni amalga oshiryapti va mahalliy NNTlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Jamg‘arma haqida batafsil ma’lumotni tashkilot rasmiy veb-saytida mumkin: https://thestirlingfoundation.org/

Yig‘ilish «Sharoit Plyus» kovorking markazida bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishda «SHAROIT PLYUS» NJB Kengashi raisi Muhabbat Rahimova hamda a’zolari Ulug‘bek Mamatxonov, Sofiya Akramova va yangi saylangan Ma’mur Ahliddinov, «PRAXIS PLUS» ijtimoiy korxonamiz ijrochi direktori Aziz Abdullayev tashkilotimiz faoliyati va amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil gapirib berishdi. The Stirling Foundation vakillari tashkilotimizning ikkita loyihasini amalga oshirishga grant mablag‘larini ajratganligi va boshlangan hamkorlikdan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

2024-yil 25-noyabrdan boshlab “Kitob Plus” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun audiokitoblar onlayn kutubxonasini rivojlantirish va nogironligi bo‘lgan shaxslarni inklyuziv bandligini ta’minlash maqsadida uchinchi Inklyuziv biznes-forumni tashkil etish loyihasini amalga oshirish uchun The Stirling Foundation jamg‘armasidan 34 900 AQSH dollari miqdorida grant mablag‘lari jalb qilindi.
Mehmonlar yangi bosh ofisimiz shart-sharoitlari bilan tanishishdi va umumiy faoliyatimiz haqida batafsil ma’lumot olishdi. Shuningdek, 2025-yilga reja qilingan qo‘shimcha loyihalarni muhokama qilishdi.
