2024-yil 12-sentyabr kuni Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasining bosh ofisida tashkilotga yangi a‘zolikka qabul qilinganlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan turli xil nogironligi bo‘lgan yoshlar bilan bir nechta masala bo‘yicha suhbat olib borildi. Dastlab, “SHAROIT PLYUS” NJB rahbari Raximova Muhabbat Axrorovna tashkilotga yangi a’zolikka qabul qilinganlarni qutlab, tashkilot faoliyati bilan qisqacha tanishtirdilar. So‘ngra a’zolar o‘zaro tanishib, qiziqishlari va faoliyatlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Tashkilotimizning amalga oshirib kelayotgan dolzarb loyihalaridan biri ishplus.uz huquqplus.uz kitobplus.uz mediaplus.uz loyihalar bilan tanishtirildi, Huquqplus.uz loyiha koordinatori Zafarbek Ergashov huquqplus.uz loyihasi haqida qisqacha nutq so‘zlab, huquqshunoslar barcha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bepul yuridik xizmatlar ko‘rsatishini ta’kidladi.

Tashkilot rahbari Muhabbat Rahimova tashkilotning kelgusidagi rejalari haqida aytib o‘tdi va tashriflari uchun minnatdorchilik bildirib, tashkilotda a’zolarning o‘rni beqiyos ekanligini alohida ta’kidladi.

Hozirgi kunda tashkilotimizda rasman 60 dan ortiq kishi a’zo bo‘lib, ular ichida turli xil nogironligi bo‘lgan shaxslar, inklyuziv rivojlanishga befarq bo‘lmagan nogironligi yo‘q faollar. Siz ham jamoamizga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz tashkilotimizga a’zo bo‘lish onlayn arizani to‘ldiring: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/#membership-form Ushbu onlayn arizani to‘ldirish orqali siz Birlashmaga a’zo bo‘lish maqsadingizni tasdiqlaysiz. Siz bergan ariza birlashma Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va a’zolikka qabul qilish yoki qilinmaslik haqida sizga xabar beriladi. Siz bergan barcha ma’lumotlarning maxfiyligi saqlanadi.

Tashkilot Ustavining 4.2. bandiga muvofiq Birlashma a’zoligiga 18 yoshga to‘lgan va tashkilot Ustavini tan oladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi yo‘q shaxslar va chet el fuqarolari qabul qilinishi mumkin. Birlashma a’zoligiga qabul qilish yakka va jamoaviy tarzda amalga oshiriladi.

A’zo bo‘lish haqida savollaringiz bo‘lsa, Murod Egamov bilan bog’laning:

Telefon: +998 (90) 347-06-12
Email: sharoitplus@gmail.com
Manzil: 100114, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Hiyobon ko‘chasi, 22-uy, “Bobodehqon” mahalla fuqarolar yi’gini oldida.

Matn: Madina Po‘latova