2023-yil 17-oktyabr kuni AQSh Davlat Departamentining Demokratiya, inson huquqlari va mehnat bo‘yicha Byurosi Dastur xodimi Benton Vayzhart Davlat departamenti delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida nogironligi bo‘lgan shaxslarni qamrab olgan dasturlar bilan tanishish maqsadida tashkilotimizga tashrif buyurdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad: Nogironlar jamoat birlashmalar faoliyatini va jamoat birlashmalar nogironligi bo‘lgan shaxslarni huquqini himoya qilish uchun qanchalik e’tibor qaratishi, qanday loyihalar amalga oshirayotganligini o‘rganish. Uchrashuv boshidan tashkilotimiz haqida ma‘lumotlar berib va tashkilot haqida batafsil tanishtirilib, hozirgi kunda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so‘z yuritildi. Har bir amalga oshirayotgan loyihalarimiz nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlariga bog‘liqligi uchrashuv mehmonlarini tashkilotimiz loyihalari e‘tiborini yanada jalb qildi.

Tashkilotimizda nechchi nafar a‘zolar borligi va tashkilotimiz qanday insonlargava qanday uslublarda ko‘maklashishi, jamiyatimizdagi nogironligi bo’lgan shaxslar qanday muammolarga duch kelishadi va jamiyatimiz muammolarga qay darajada yechim topa olyabdi va boshqa ma‘lumotlar ularning eng qiziqtirgan savollaridan biri ekan. AQSh Davlat Departamentining asosiy vazifalaridan biri O‘zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati bilan yaqindan tanishib, muammoli vaziyatlarga yechim topishdan iborat. Uchrashuv so‘nggida mehmonlar tashkilotimizdan mamnun ekanliklarini aytib kelgusidagi faoliyatimizga omad va muavaffaqiyatlar tilab qolishdi.
