7-may «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasining malakali trenerlari Ulug’bek Mamatxonov va Aziz Abdullayev Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti xodimlari va koʻngilli talabalar uchun nogironlik tushunchasi boʻyicha trening oʻtkazdilar.
Treningda 25 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi va nogironlikni ijtimoiy nuqtai nazardan koʻrib chiqdilar. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni to‘g‘ri qabul qilish va ularga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni o‘rgandilar. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalaridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulayliklar yetishmasligi va boshqa kamchiliklar keng muhokama qilindi. Masalan, imtiyozlar, panduslarning yo‘qligi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun universitetlarda inklyuziv ta’lim joriy etish va boshqa masalalar haqida savol javoblar bo‘ldi.

Trening ishtirokchilari
Nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitish misollari tahlil qilindi. Bizning treningimiz Xalqaro Vestminster universitetining yangi ishtirokchilariga yana bir bor nogironlik tushunchasini chuqur o‘rganishga yordam berdi, ularga salbiy harakatlar va oldini olish kerak bo‘lgan iboralar haqida ma’lumot berdi.

Trenerlar Ulug’bek Mamatxonov va Aziz Abdullayev
Treningni baholash uchun o‘tkazilgan anonim so‘rovda ishtirokchilar trening tufayli nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan qanday muloqot qilish va ularga murojaat qilishni tushunganliklarini, ilgari yo‘l qo‘ygan xatolarini anglab yetishganini ta’kidladilar.

Trening ishtirokchisi
«Yordamni qanday to‘g’ri taklif qilishni, qanday qilib to‘g’ri murojaat qilishni tushundim.»
«Mashg‘ulot boshida aniqlagan qo‘rquvni yengishga muvaffaq bo‘ldim, o‘zimga ishonchim ortdi.»
«Yangi ijtimoiy yondashuvni qo‘llash zarurligini tushundim. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy emas, balki ijtimoiy munosabat kerak ekan.»
«Treningda ko‘plab foydali maslahatlar va amaliy misollar aytib o‘tildi. O‘zini qanday tutish va nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan suhbatlashish haqida.»
“Men «imkoniyati cheklangan» inson tushunchasi noto’g’riligini tushundim.»
Diqqat! Agar siz ham oʻz tashkilotingizni inklyuziv qilishni istasangiz, SHAROIT PLYUS trening koordinatori Ulugʻbek Mamatxonov bilan +998 (90) 113-25-52 (Telegram: @U_Mamatkhanov) orqali bogʻlaning yoki sharoitplus@gmail.com elektron manzilimizga yozing va xat mavzusida «Trening uchun ariza» deb ko‘rsating.
