Toshkent shahar «Sharoit Plyus» Nogironlar jamoat birlashmasi 2019 yil oktyabr oyidan boshlab Yevroosiyoning Markaziy Osiyo Fondi tomonidan moliyalashtirilgan «Imkoniyati cheklangan insonlarni qo‘llab-quvvatlash» loyihasini amalga oshirmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadlaridan biri aholining zaif qatlamidagi jamiyatga qo‘shila olmay, uyda o‘tirib qolgan imkoniyati cheklangan insonlarni salohiyatlarini oshirish orqali ularni kundalik xayotlari davomida duch keladigan muammolarini ijtimoyi tarmoqlar orqali jamoatchilikka yoritib berish. Loyiha 5 oyga mo‘ljallangan bo‘lib 2 ta asosiy yo‘nalishdan iborat:

  • 1- yo‘nalish imkoniyati cheklangan insonlarni muammolarini o‘zlarini ishtirokida ijtimoiy roliklar tayyorlab jamoatchilikka yetkazib berish.
  • 2-yo‘nalish imkoniyati cheklangan insonlarni o‘zlariga bo‘lgan ishonchlari va saloxiyatini oshirib, jamiyatga qo‘shilishlariga ko‘maklashish.

Loyiha boshlanishida ushbu insonlarni uylariga borib ota-onalari va oilaviy sharoitlari bilan tanishish, so‘ngra ular bilan psixologik suxbatlar o‘tkazish va oxirgi bosqichda jamoaviy videolar olish.

Barcha uchun to‘siqlardan holi va inklyuziv jamiyat!

Hayriya qilish: https://sharoitplus.uz/uz/hayriya-qilish/