Toshkent shahar “SHAROIT PLUS” nogironlar jamoat birlashmasi “Nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun ijodiy yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy kurslarni tashkil etish” loyihasi doirasida fotografiya kursiga O‘zbek imo ishora tili tarjimonini qidirmoqda.

2016-yilda tashkil etilgan “SHAROIT PLYUS” nodavlat notijorat tashkiloti barcha nogironligi bo‘lgan shaxslar teng huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lishlari uchun to‘siqsiz va inklyuziv jamiyat yaratish harakatida faoliyati yuritib kelmoqda. «SHAROIT PLYUS» inklyuziv jamoasi nogironligi bo‘lgan va nogironligi bo‘lmagan faol shaxslardan iborat.

Ushbu vakansiyaga zaif eshituvchi va nogironligi bo‘lmagan shaxslar ariza topshirishlari mumkin.

Talablar:

  • imo ishora tili tarjimonligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot;

  • imo-ishora tili bo‘yicha ilg‘or bilim va ko‘nikmalar;

  • o‘zbek va rus tillarini bilish;

  • kompyuterda ishlash qobiliyati, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish qobiliyati;

  • muloqot qobiliyatlari, stressga chidamlilik, punktuallik, mas’uliyat va jamoada ishlash qobiliyati.

Vazifalar:

  • kurs ishtirokchilari uchun og‘zaki nutqning imo-ishora tiliga teskari tarjimasini (sinxron, ketma-ket) amalga oshirish;

  • kar va zaif eshituvchi kurs ishtirokchilari uchun imo-ishora tili orqali ishonchli tarjimani (to‘g‘ridan-to‘g‘ri va teskari) amalga oshirish, ular o‘rtasida o‘zaro tushunishni ta’minlash;

  • kurs anonslarini imo-ishora tiliga video tarjima qilish;

Mehnat sharoitlari:

  • 3 oy davomida dushanba va juma kunlari soat 16:00 dan 18:00 gacha (haftasiga 4 soat) ish tartibi;

  • oyiga taxminan 3 400 000 so’m;
  • fuqarolik-huquqiy shartnomaga muvofiq ish haqini o‘z vaqtida to‘lash;

  • do‘stona jamoa bilan qulay ofisda ishlash;

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

Agar ushbu vakansiya sizga mos kelsa, rezyumeni tashkilotning elektron pochta manziliga yuboring: sharoitplus@gmail.com. Elektron pochtangizning mavzu satriga “Fotografiya kursi uchun imo-ishora tili tarjimoni” deb yozishni unutmang.