Vakansiya: Loyiha koordinatori (12 oyga mehnat shartnomasi)

NJB Sharoit+ “Maxsus rekruting veb-portali orqali imkoniyati cheklangan insonlarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash” loyihasi koordinatori lavozimiga ishga taklif qiladi.

Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi 2016-yil 29-dekabrida davlat ro’yxatidan o’tgan nodavlat notijorat tashkilot (NNT). Bizning tashkilotimiz faqatgina nogironligi bor insonlarni emas, balki O’zbekistonda hamma uchun to’siqlardan holi va inklyuziv jamiyatni yaratishda ularga yordam berishni istagan barchani birlashtiramiz. Jamoamiz bilan hamkorlika 12 oylik loyihani amalga oshirish uchun Loyiha koordinatorini izlayapmiz.

Vazifalar:

  • maxsus rekruting veb-portalida nogironligi bo’lgan ariza beruvchilarning rezyumesi ma’lumotlar bazasi asosida nogironligi bo’lgan malakali xodimni tanlash uchun O’zbekistonda potentsial ish beruvchilar (yirik xususiy kompaniyalar va davlat idoralari) bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish va hamkorlikni muvofiqlashtirish.
  • xususiy va davlat sektori vakillarini nogironlarni ularning potentsial fazilatlaridan kelib chiqqan holda va O’zbekistondagi nogironlarni ish bilan ta’minlashning muvaffaqiyatli namunalari asosida ishga yollashga ishontirish va rag’batlantirish (o’rnak modellarini targ’ib qilish).
  • maxsus rekruting veb-portalida nogironlar uchun ochiq bo’sh ish o’rinlari to’g’risidagi ma’lumotlarni yuklash va potentsial ish beruvchilarning talabi va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda nogironligi bo’lgan ish izlovchilarni saralash.
  • potentsial ish beruvchilarga nogironlarni ish bilan ta’minlashning afzalliklari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq (ish beruvchilarning nogironlarni ish bilan ta’minlashning afzalliklari va preferensiyalari to’g’risida xabardorligini oshirish, nogironlar uchun 3% mehnat kvotasi, kompaniyaning imidjini oshirish va uning korporativ ijtimoiy ma’suliyatini oshirish) va va boshqalar.
  • potentsial ish beruvchilar va nogironligi bo’lgan ish izlovchilar uchun nogironlik va nogironligi bo’lgan insonlarni ish bilan ta’minlashni tartibga soluvchi qonunchilik va huquqiy-normativ hujjatlar bo’yicha seminarlar / treninglar o’tkazish
  • turli xil nogironligi bo’lgan ish izlovchilarga onlayn va telefon orqali amaliy yordam ko’rsatish (portalda rezyumeni to’g’ri to’ldirishda ko’maklashish)

 

Ish tartibi: moslashuvchan ish jadvali

Ish joyi: online va offlayn

Ish davomiyligi: 12 oy (2021-yil yanvardan 2022-yil yanvargacha)

Talablar:

  • minimal ta’lim talablari: to’liq o’rta ma’lumot yoki kollej darajasida kasb-hunar ta’limi yoki tugallangan oliy ma’lumot
  • O’zbekistonda nogironlarning mehnat huquqlarini himoya qilish bo’yicha mehnat qonunchiligini qo’llash sohasida minimal ish tajribasi
  • tilni bilish talablari: o’zbek va rus tillarini mukammal bilish, ingliz tilini majburiy emas ammo kerakli darajada bilish katta plyus hisoblanadi
  • Ushbu vakansiyaga nogironligi bo’lgan shaxsni qabul qilish tavsiya etiladi, u allaqachon O’zbekistonda mehnat qilish bilan bog’liq muammolarga duch kelgan va yo’lidagi barcha to’siqlardan muvaffaqiyatli o’tish tajribasiga ega nogironligi bo’lgan shaxs ushbu lavozimga kuchli nomzod bo’ladi. Shuningdek, biz ushbu vakansiyaga nogironligi bo’lmagan shaxslardan ham arizalarni qabul qilishga ochiqmiz.

To’lov shartlari: Oyiga 2 500 000 so’m to’lov shartnoma yoki shtat jadvaliga binoan 100% naqd pulsiz to’lov shaklida loyiha koordinatorning shaxsiy hisob raqamiga o’tkaziladi. To’lov har oy oxirida NJB Sharoit+ raisi tomonidan tasdiqlangan bir oy davomida bajarilgan ishlar to’g’risidagi hisobotga muvofiq bajarilgan ishlarning dalillari bo’yicha amalga oshiriladi.

To’liq rezyume va motivatsiya xatlaringizni elektron manzilimizga: sharoitplus@gmail.com 2021-yil 4-yanvarga qadar yuboring. Motivatsiya xatida uchta savolga javob bering:

  1. Nega aynan siz ushbu vakansiyaga loyiq nomzodsiz? 
  2. Nogironligi bo’lgan insonlarni mehnat qilish sohasida qanday tajribaga egasiz?
  3. Nogironligi bo’lgan insonlarni munosib ish o’rinlari bilan ta’minlash uchun nima qilish kerak?
Tags:
,