Vakansiyalar

Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi nodavlat notijorat tashkiloti boʻlib, faoliyati barcha nogironligi boʻlgan shaxslar va ularning oilalari teng huquq va imkoniyatlarga ega boʻlishlari uchun toʻsiqlardan holi va inklyuziv jamiyat yaratishga qaratilgan.

«SHAROIT PLYUS» oʻz maqsadlariga erishish uchun turli ijtimoiy xizmatlarni taqdim etadi hamda nogironligi boʻlgan shaxslar va ularning oilalarini imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha turli xil loyihalarni amalga oshiradi. Shuningdek, madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etib, jamiyatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarning huquq-manfaatlarini targ‘ib etyapmiz.

«SHAROIT PLYUS» nafaqat turli shakldagi nogironligi boʻlgan, balki O‘zbekistondagi nogironlik va inklyuzivlik muammolariga befarq bo‘lmagan va bu sohaga birgalikda hissa qo‘shish istagida bo‘lgan nogironligi bo‘lmagan shaxslarni ham birlashtiradi. Hozirda tashkilotimizda 20dan ortiq kishi ishlaydi va ularning 70 foizi atrofida nogironligi boʻlgan shaxslardir. Bizning jamoamiz BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyasi asosida nogironlikning ijtimoiy modelini targ‘ib qiluvchi professional trenerlar va mutaxassislardan iborat.

2024-yil 19-aprel holatiga ko‘ra tashkilotimizda mavjud vakansiyalar:

 

Agar tashkilotimizda koʻngilli volontyor boʻlishni istasangiz, ushbu havola orqali onlayn anketani toʻldiring: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/#volunteer-form

 

Diqqat! Boʻsh ish oʻrinlari bilan bog’liq barcha savollar uchun sharoitplus@gmail.com elektron pochta manziliga yozing. Nomzodlar tomonidan koʻplab murojaatlar kelib tushganligi sababli, biz ushbu masala boʻyicha telefon orqali maslahat bermaymiz va bunday shartni tushunasiz degan umiddamiz. Elektron pochta orqali yuborilgan barcha xatlaringiz va arizalaringizga albatta javob beramiz.