2022 yil 17 mart kuni Аbdullaev A.X. www.ishplus.uz loyihasi koordinatori va Toshkent shahar “SHАROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi Kengashi aʼzosi, www.ishplus.uz loyihasi asoschisi Yusupov D.D. bilan hamkorlikda yozilgan maqolalari chop etildi.
Ularning maqolalari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy ish kafedrasi O‘zbekiston nogironlar uyushmasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi «Shaxsni rivojlantirishda inklyuzivlikni taʼminlash masalalari: dolzarb tadqiqotlar va forsayt loyihalar» 7chi davriy to‘plamida «Toshkent shahrida inklyuziv mehnat amaliyotlarini targ‘ib etishda www.ishplus.uz maxsus rekruting veb-portalining tutgan o‘rni: yutuqlar va muammolar» mavzusida nashr etildi. To‘plamni yuklab olish uchun havolaga bosing (65-69 betlar).
Quyida chop etilgan maqolaning qisqa mazmuni bilan tanishtiramiz:
O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni munosib ish bilan taʼminlashda o‘z yechimini kutayotgan bir qancha muammolar mavjud. Jahon banki tomonidan 2022 yilda eʼlon qilingan hisobotga ko‘ra, mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish topish imkoniyati nogironligi bo‘lmaganlarga qaraganda taxminan to‘rt baravar kam.
Mazkur muammolarni izchil hal qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 2021 yil BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun va boshqa bir qator qonun hujjatlari qabul qilinib jadal islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.Bu islohotlarning samarasi ko‘p jihatdan nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari tomonidan amalga oshirilayotgan muammoni yechishga qaratilgan ijtimoiy loyihalarida ko‘rinadi.
- Shunday loyihalardan biri bu Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasining BMTning O‘zbekistonda ijtimoiy himoyani yaxshilash bo‘yicha Qo‘shma Dasturining grant ko‘magida “Maxsus rekruting veb-portali orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan taʼminlash” loyihasidir.
Loyihaning asosiy maqsadi www.ishplus.uz maxsus rekruting veb-portalini yaratish orqali Toshkent shahrida mehnatga layoqatli yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni ochiq mehnat bozorida munosib ish o‘rinlari bilan taʼminlash va ularning ijtimoiy muhofazasini yaxshilash hisoblanadi. Ushbu loyiha 2020 yil dekabr oyidan 2021 yil dekabr oyiga qadar grant ko‘magi asosida amalga oshirilgan. Hozirgi kunda loyihaning katta ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi hisobga olinib grant ko‘magi bo‘lmasa ham jamoatchilik asosida amalga oshirib kelinmoqda.
Maqolani yuklab olish uchun havolaga bosing (65-69 betlar).
