Loyihaning nomi: «www.ishplus.uz rekruting veb-portali orqali nogironligi boʻlgan yoshlarni ishga joylashtirish» («Maxsus rekruting veb-portali orqali imkoniyati cheklangan insonlarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash» loyihasining davomi)
Loyiha donori: AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtiriladigan “Markaziy Osiyoda ijtimoiy innovatsiyalar” dasturi doirasida Yevroosiyo jamg‘armasi ko‘magida
Loyihaning umumiy budjeti: $14,998.60
Loyihaning davomiyligi: 9 oy (2022-yil 3-noyabrdan 2023-yil 31-iyulgacha)
Loyihaning milliy hamkori: O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Loyiha hamkorlari: Yandex Go, Gazeta.uz
Loyihaning maqsadi: www.ishplus.uz maxsus rekruting veb-portali va uning mobil ilovasi orqali Toshkent shahri va Toshkent viloyatining ochiq mehnat bozorida nogironligi bo‘lgan yoshlarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash.
Loyihaning vazifalari:
- Ish izlovchilar/ish beruvchilar/administratorlar va boshqa foydalanuvchilarning avvalgi tajribasi asosida www.ishplus.uz veb-portalini texnik takomillashtirish va uning mobil ilovasini ishlab chiqish. Ushbu chora-tadbirlar veb-portal funksiyalarini yaxshilaydi, jumladan vakansiyalar e’lonlariga geolokatsiyani joylashtirish, rezyumelar va kasbiy o‘quv kurslari bo‘limlarida ish beruvchilar tomonidan kengaytirilgan qidiruv tizimini joriy etish, elektron pochta orqali va mobil telefonlarga SMS orqali avtomatik ogohlantirishlarni joriy etish, asosiy yo‘nalishda SEO optimallashtirish va Google, Yandex qidiruv tizimlarida (portalni “nogironlik”, “ish” kabi kalit so‘zlari va boshqa usullar bilan targ‘ib qilish, loyihaning moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida vebsaytda reklama bannerlarini joriy etish.
- Nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini izlash Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi ish beruvchilar bilan ishlash bo‘yicha ikkita koordinator tomonidan amalga oshiriladi. Nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun mavjud boʻsh ish oʻrinlarini faol izlash va ularni oʻzbek va rus tillarida www.ishplus.uz veb-portaliga joylashtirishga qaratilgan ushbu tadbirlar ochiq mehnat bozorida ishga joylashish imkoniyatlari haqida tezkor maʼlumotlarni olishga xizmat qiladi. Xususiy va davlat sektoridagi ish beruvchilar bilan muntazam muloqotda bo‘lish ularning munosabatini o‘zgartirishga, ish izlovchi yoshlarning nogironligi bo‘yicha ish o‘rinlarini moslashtirishga xizmat qiladi.
- Nogironligi bo‘lgan yoshlarni ochiq mehnat bozorida ishga joylashtirishga ko‘maklashish Toshkent shahri va Toshkent viloyatida nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar bilan ishlash bo‘yicha ikkita koordinator tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu tadbirlar nogironligi bo‘lgan yoshlarning rezyumelarini sifatli yozish va tayyorlash, portalda, shuningdek, boshqa rekruting resurslarida ularga mos bo‘sh ish o‘rinlarini topish, xususiy va davlat sektorlaridagi potensial ish beruvchilar bilan aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.
- Inklyuziv ish beruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va monitoring qilish, nogironligi bo‘lgan yoshlarni mehnat bilan ta’minlash ish beruvchilar va ish izlovchilar bilan ishlash bo‘yicha barcha koordinatorlar tomonidan amalga oshiriladi. Buning natijasida ish beruvchilarning nogironligi bo‘lgan xodimlar mehnat huquqlaridan xabardor bo’lishi, o‘zaro mehnat munosabatlari mustahkamlanishi va uzoq muddatli mehnat shartnomalari tuzilishi kutilmoqda. Buning natijasida nogironligi bo‘lgan yoshlarni qisqa muddatda ish bilan ta’minlash muammosini hal qilamiz, degan umiddamiz.
Loyihadan kutilgan aniq natijalar:
- www.ishplus.uz mobil ilovasi orqali Toshkent shahri va Toshkent viloyatida nogironligi bo‘lgan yosh ish izlovchilarni qamrab olishni kengaytirish.
- Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi kamida 120 nafar turli shakldagi nogironligi bo‘lgan yoshlarga www.ishplus.uz maxsus rekruting veb-portali va uning mobil ilovasi orqali turli rekruting xizmatlarini ko‘rsatish orqali ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash;
- turli shakldagi nogironligi bo‘lgan yoshlarni xususiy va davlat sektorida uzoq muddatli ishga joylashtirish orqali ularning ijtimoiy himoyasini yaxshilash.
- Yuqori sifatli rezyumeni tayyorlash bo‘yicha ko‘nikmalarni oshirish, mos bo‘sh ish o‘rinlarini samarali qidirish, turli xil nogironlik shakllariga ega bo‘lgan ish izlovchilar va potentsial ish beruvchilar o‘rtasida aloqa o‘rnatish.
- Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xususiy va davlat sektoridagi ish beruvchilar o‘rtasida nogironlik va ish izlovchilar/nogironligi bo‘lgan ishchilar bilan muloqot qilish madaniyatini yaxshilash.
- “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq nogironlarning mehnat huquqlari va bu huquqlarni ochiq mehnat bozorida amalga oshirish majburiyati to‘g‘risida ish izlovchilarning ham, ish beruvchilarning ham xabardorligini oshirish;
- O‘zbekiston tomonidan 2021-yil 7-iyunda ratifikatsiya qilingan BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasining 27-moddasini amalga tadbiq etish.
Loyiha rahbari: Dilmurod Yusupov
Loyiha hisobchisi: Iroda Narziyeva
Ish beruvchilar bilan ishlovchi koordinatorlar: Aziz Abdullayev, Muzaffar Pulatov
Ish izlovchilar bilan ishlovchi koordinatorlar: Yulduz Nigmanova, Zilola Tashpulatova
Imo ishora tili tarjimoni: Go‘zal Rahmatullayeva
Ma’lumot xizmati: +998 (90) 818-07-08 (ish kunlari soat 9:00 dan 17:00 gacha ishlaydi)
Manzil: O‘zbekiston, 100000, Toshkent, Mirzo-Ulug’bek tumani, Yahyo G’ulomov ko‘chasi, 38-uy (Mirzo-Ulug’bek tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi binosi ichida). Mo‘ljal: «Bibigon» kafesi, Buyuk Britaniya elchixonasi
Telegram kanal: @ishplus_uz
Veb-portal manzili: https://ishplus.uz/
Loyiha haqida savol va takliflaringiz bo’lsa bizga murojaat qiling: info@ishplus.uz
Agar siz xam bunday xayrli ishga oʻz hissangizni qoʻshmoqchi boʻlsangiz loyihamizga homiylik qiling: https://sharoitplus.uz/xayriya-qilish/#donate-form
