AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtiriladigan “Markaziy Osiyoda ijtimoiy innovatsiyalar” dasturi doirasida Yevroosiyo jamg‘armasi ko‘magida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan «www.ishplus.uz rekruting veb-portali orqali nogironligi boʻlgan yoshlarni ishga joylashtirish» loyihasi doirasida tender e’lon qilinadi.
Buyurtmachi: Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi
Vazifalar:
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligiga ko‘maklashish uchun www.ishplus.uz maxsus rekruting veb-portalini texnik takomillashtirish va qo‘llab-quvvatlash. Ushbu havola orqali zarur vazifalar haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin (rus tilida).
- www.ishplus.uz maxsus rekruting veb-portali mobil ilovasini Android, iOS tizimlari uchun ishlab chiqish.
Tenderda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan IT-kompaniyalar qatnashishi mumkin. Ijrochilar taqdim etishi lozim bo‘lgan barcha zaruriy material va hujjatlar ro‘yxati quyida keltirilgan va ular sharoitplus@gmail.com elektron manzili orqali qabul qilinadi.
Hujjatlar to‘plamiga quyidagilar kiradi:
- Tashkilotning ro‘yxatdan o‘tganligi haqida guvohnoma va rekvizitlar;
- Ishchilarning malaka toifasi va avval amalga oshirilgan loyihalar haqida ma’lumotnoma;
- Tijoriy taklif.
Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2022-yil 9-yanvar
Manzil: O‘zbekiston, 100000, Toshkent, Mirzo-Ulug’bek tumani, Yahyo G’ulomov ko‘chasi, 38-uy (Mirzo-Ulug’bek tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi binosi ichida). Mo‘ljal: «Bibigon» kafesi, Buyuk Britaniya elchixonasi
Bog‘lanish uchun telefonlar: +998 (90) 115-65-67
E-mail: sharoitplus@gmail.com
