2023-yil 27-mart kuni “HYATT REGENCY” mehmonxonasida «Yandex Go» kompaniyasi Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazdi.

Yandex Go safarlarni onlayn buyurtma qilish xizmati nogironligi bo‘lgan foydalanuvchilar shahar bo‘ylab bemalol harakatlanishiga yordam beradigan loyihalar haqida xabar berdi. O‘zbekiston Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi vakillari ishtirokida O‘zbekistonda qulay muhitni rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbatida kompaniya o‘z rejalari va dolzarb tashabbuslari bilan o‘rtoqlashdi.

Yaqin kelajakda Yandex Taxi ilovasi nogironligi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun moslashtirishni rejalashtirmoqda. Yandex Go haydovchilar va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlar, ekspertlar – Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi va “SHAROIT PLYUS” tashkiloti vakillari bilan birgalikda maxsus imkoniyatlar ekrani va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqadi. Bu foydalanuvchilarga haydovchini oldindan, ya’ni safarga chiqishdan oldin nogironlar aravachasida bo‘lishlari yoki mashinani topish va unga o‘tirish uchun yordam kerakligi haqida ogohlantirish imkonini beradi.

Shuningdek, haydovchilar yo‘lovchi bilan qay tarzda muloqot qilish ma’qulligini darhol bilib olishlari mumkin: ovozli yoki chat orqali. Bularning barchasi buyurtma berishda tushunmovchiliklar xavfini kamaytirish, shuningdek, nogironligi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun sayohat sifati va qulayligini oshirishga yordam beradi.

«Yandex Go»ning MDH davlatlarida biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Kirill Svintsov tadbirni boshlab berib ishtirokchilarga yangi loyihalar haqida tushuntirish berdi va kompaniya maqsadlarini aytib o‘tdi:

«Biz shahar bo‘ylab erkin va qulay harakatlanish hamma uchun teng bo‘lishi kerak deb hisoblaymiz. Biz muntazam ravishda xayriya jamg‘armalari bilan hamkorlik qilamiz va ularning vasiyligidagi shaxslarga kasalxonalar, do‘konlar va boshqa ishlar bilan bepul yetib olishlariga yordam beramiz. Ilovalarni moslashtirish bo‘yicha yangi tashabbus biznes, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik nogironlar uchun hayot sifati va shahar imkoniyatlaridan foydalanish imkoniyatini qanday yaxshilashi mumkinligiga yorqin misoldir», — dedi Kirill Svintsov.

Yandex Taxi-ning MDH mamlakatlari bo‘yicha rivojlanish bo‘yicha direktori, shuningdek, 2022 yil oktyabr oyidan beri kompaniya nogironligi bo‘lgan shaxslarni inklyuziv bandligini ta’minlash loyihasi doirasida maxsus rekruting veb-portali ishplus.uz xodimlari, ko‘ngillilar va ish izlovchilar uchun 1000 dan ortiq bepul safarlarni taqdim etgani bilan o‘rtoqlashdi. Loyiha “SHAROIT PLYUS” tashkiloti tomonidan Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Buning natijasida loyiha koordinatorlarining yo‘l xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, turli shakldagi nogironligi bo‘lgan ish izlovchilar suhbatga borishda transport masalasini hal qilishga erishdi.

Kirill Svintsov so‘zini yakunlab Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi raisi Muhabbat Rahimova va xodimlariga minnatdorchilik bildirib uzoq muddatli hamkorlik sertifikatini topshirdi.

“Hozirda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi turli shakldagi nogironligi bo‘lgan fuqarolar shahar bo‘ylab harakatlanishda bir qator qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Shu sababli, ko‘plab nogironligi bo‘lgan shaxslar Yandex Taxi xizmatlaridan foydalanadi. Ammo moliyaviy holati tufayli ular har kuni taksi xizmatidan foydalana olmaydi. 2022-yil oktyabr oyidan boshlab Yandex Go tashkilotimiz bilan yaqindan hamkorlik qilib, bizga safarlar uchun promokodlarini taqdim etib kelmoqda. Bu nogironligi bo‘lgan shaxslarning munosib bandligini ta’minlash bo‘yicha ishplus.uz loyihasi xodimlarimiz ishini samarali tashkil etishga xizmat qildi. Natijada 2022-yil oktyabr oyidan boshlab www.ishplus.uz loyihasi doirasida 80 nafardan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar munosib ish bilan ta’minlandi. Tashkilotimiz nomidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan imkoniyat va qulay sharoitlar uchun Yandex Go kompaniyasiga samimiy minnatdorchiligimni bildiraman”, — dedi “SHAROIT PLYUS” NJB raisi Muhabbat Rahimova. 

www.ishplus.uz veb-portali orqali musiqa maktabiga ishga muvaffaqiyatli kirib hozirgi kunda musiqa fanidan dars berayotganliklari haqida ko’rish bo’yicha I guruh nogironligi bo’lgan Aziz Volf nutq so‘zlab loyiha rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib so‘zga yakun yasadilar. Boshqa www.ishplus.uz veb-portali foydalanuvchisi Madina Po‘latova “IMKON WATER” kompaniyasida operator lavozimida faoliyat olib borayotgani haqida so‘zlab berdi.

“SHAROIT PLYUS” NJB raisi Muhabbat Rahimova so‘z yakunida Yandex Go MDH mamlakatlari bo‘yicha rivojlanish bo‘yicha direktori Kirill Svintsovga minnatdorchilik bildirib, tashkilot nomidan tashakkurnoma bilan taqdirladilar.

“Biz “SHAROIT PLYUS” tashkiloti bilan birgalikda qo‘llab-quvvatlagan Yandex Go tashabbusi – O‘zbekistonda nogironlar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlovchi inklyuziv jamiyat yaratish yo‘lidagi yana bir muhim qo‘shma qadamdir. Biz biznesning jamiyatimiz ijtimoiy hayotidagi ishtirokini qo‘llaymiz va kompaniya qo‘shayotgan hissani yuqori baholaymiz”, — dedi O‘zbekiston Respublikasi Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Tibbiy va ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Alisher Inoqov.