Joriy yilning 22-iyun kuni “InterContinental” mehmonxonasida Yandex kompaniyasi hamkorlari bilan uchrashuv anjumanini o‘tkazdi. Kompaniyaning xayriya dasturi O‘zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlari uchun Yandex Go ilovasida sayohatlar va yetkazib berish xizmati imkoniyatini ochadi.

22-iyun kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Yandex Go kompaniyasining xalqaro bozorlarda hukumat bilan aloqalar bo‘yicha direktori Yevgeniy Shumilov xayriya dasturi tafsilotlari haqida gapirib berdi:

“Yandeks Go xizmati turli ehtiyojlarga ega foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lishi biz uchun muhim. Misol uchun, sayohatga buyurtma berishda maxsus imkoniyatlar boʻlimi allaqachon mavjud boʻlib – siz yoʻlovchining nogironlar aravachasida ekanligini yoki zaif eshituvchi ekanligini belgilashingiz mumkin. Haydovchi bu haqda ma’lumotni oldindan koʻradi va yordam berishi mumkin. Endi biz uchun yana bir muhim loyiha boshlanmoqda – xayriya tashkilotlari va ularning benefitsiarlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha doimiy dastur. Biz ehtiyojmand ahohli qatlamiga yordam berish uchun resurslarimiz va texnologiyamiz foyda berishidan mamnunmiz. Umid qilamizki, ushbu dastur jamg‘armalarning benefitsiarlariga tezroq mutaxassis yordamini olish, davolanish va zarur qulayliklar bilan ishlash imkonini beradi”.

Yevgeniy Shumilov, Yandex Go xalqaro bozorlarida davlat organlari bilan ishlovchi mutaxassis

2022-yil oktyabr oyidan boshlab Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi har oy Yandex Go bilan kelishilgan byudjet asosida sayohatlar va yetkazib berish xizmati uchun promokodlar oladi. Ushbu promokodlarni bizning tashkilotimiz joriy transport ehtiyojlariga qarab ishlatamiz va ushbu xizmatdan xodimlarimiz, tuli xil xizmat oluvchilarimiz Yandex Go ilovasi orqali foydalanishlari mumkin. Xayriya dasturi har qanday tarif bo’yicha sayohatlar va yetkazib berish uchun amal qiladi.

“Inklyuziv jamiyatni yaratish vazirlik oldidagi muhim maqsaddir. U infratuzilmani rivojlantirish, ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda barcha fuqarolar uchun atrof-muhitdan foydalanish imkoniyatini oshirishni o‘zida mujassam etgan. “Yandeks” loyihasi korxonalarning ushbu maqsadga hissa qo‘shish va umumiy manfaatga sarmoya kiritishga tayyorligini namoyish etadi. Jamg’armalarga xayriya sayohati va yetkazib berish xizmatini taqdim etish orqali kompaniya yanada inklyuziv jamiyatga faol hissa qoʻshmoqda. Bu ham xayriya sohasidagi tizimli ishlarning muhim namunasidir, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Erkin Muxitdinov.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Mehnat va ijtimoiy himoya qo‘mitasi vakili Yelena Aleksandrova

«Xayriya sohasiga katta hissa qo‘shayotgan kompaniya bu-eng faol Yandex kompaniyasidir. Prezidentimiz tomonidan ham ijtimoiy himoya tizimiga alohida eʼtibor qaratilyapti. Nogironligi bo‘lgan shaxslar bir qobiqqa o‘ralib qolishi yoki jamiyatga qo‘shilmasligini asosiy sababi bu tashqi sharoitlardir. Jamiyatdagi muammolar infratuzilmalarni talabga javob bermasligi ularni qobiqqa o‘rab qo‘yadi, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Mehnat va ijtimoiy himoya qo‘mitasi vakili Yelena Aleksandrova va kompaniyaga o‘z minnatdorchiligini bildirib xayriya dasturini doim qo‘llab-quvvatlashini bildirib o‘z nutqiga yakun yasadi.

Yandex Go xalqaro ijtimoiy loyihalar rahbari Svetlana Voronina «Imkoniyatlar ekrani» taqdimoti jarayonida

2023-yil aprel oyida Yandex Go ilovaqsida maxsus “Imkoniyatlar ekrani” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun taksi xizmatni yaxshilash maqsadida yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunga qadar ushbu imkoniyatlar ekrani parametridan foydalanuvchilar soni 15 mingdan ortmoqda. 47% zaif eshituvchilar, 41% ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar, 17% jismoniy nogironlik yaʼni nogironlik aravachasidan foydalanuvchi shaxslar foydalanishgan.

«Eng quvonarlisi haydovchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilganda 80% haydovchilar nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlashga rozi bo‘lishgan. Sababiki, nogironligi bo‘lgan shaxslar ham jamiyatga qo‘shilib nogironligi bo‘lmagan shaxslar bilan teng va erkin muloqot qilishlarini taʼminlashga ko‘maklashishni istashdi. Yaqin orada xayriya sifatida promokod orqali yetkazib berish xizmatlarida ham foydalanish yo‘lga qo‘yilishini aytib, har bir hamkor tashkilotlariga bir oyda 32 mln so‘m ajratishga tayyormiz bu boshlanishi, – dedi Yandex go xalqaro ijtimoiy loyihalar rahbari Svetlana Voronina.

Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi Kengashi a’zosi Ulug’bek Mamatxanov Yandex kompaniyasiga minnatdorchilik bildirib, tashkilot loyihalari bilan tanishtirib o‘tdi. Nafaqat xodimlarga balki aʼzolar uchun imtiyozli promokodlar ajratishlarini alohida eʼtirof etib bunday hamkorlikdan mamnunlik bilan “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi rahbariyati tomonidan chuqur minnatdorchilikni bildirdi.

Ulug’bek Mamatxanov, Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi Kengashi a’zosi

Yandex va «SHAROIT PLYUS» o‘rtasida xayriya dasturi bo‘yicha hamkorlik sertifikati imzolanib esdalik sovg’a bilan taqdirlandi

Yandex kompaniyasining O‘zbekistondagi xayriya dasturi doimiy bo‘lib, endi unga to‘rtta nodavlat notijorat tashkilot ulangan: Ezgu Amal, ONA, SHAROIT PLYUS va KAPALAK BOLALAR.