27-may kuni “Nogironlikni tushinish” mavzusida trening bo‘lib o‘tdi, uni malakali trener, “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi raisi Muxabbat Rahimova NNTning yangi xodimlari va ko‘ngillilari uchun o‘tkazdi.

Trening avvalida “SHAROIT PLYUS”ning o‘n nafar yangi ishtirokchisi bilan tanishuv bo‘lib o‘tdi. Ular ko‘ngilli yoki tashkilot a’zosi bo‘lish motivlari haqida gapirib berishdi.

Tashkilotimiz raisi va malakali trener Muxabbat Raximova

Faollar maktab va oliy o‘quv yurtlarida mavzuga oid axborot-tushuntirish suhbatlari, treninglar va seminarlarni muntazam ravishda o‘tkazish, shuningdek, maktab o‘quv dasturiga nogironlik tushunchalari, inklyuziv ta’limning xususiyatlarini muhokama qiladigan darslarni kiritish, nogironligi bo‘lgan insonlar uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar bildirdilar.

Ishtirokchilar o‘z fikrlarini bilan almashadilar

Uchrashuv so‘ngida ko‘ngillilar va xodimlar “SHAROIT PLYUS” NNTni rivojlantirish istiqbollari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Trening orqali yangi ishtirokchilar nogironligi bo‘lgan shaxslar va ular duch keladigan muammolar haqida yangi bilimlarga ega bo‘lishdi.

Ishtirokchilar fikri:

«Menga trening juda yoqdi. Uchrashuvdan so‘ng men 180 gradusga o‘zgardim. Nogironligi bo‘lgan odamlarga nisbatan fikrim va munosabatimni o‘zgartirdim.»

 

«Men uchun bu uchrashuv jamiyatimizdagi imkoniyati cheklangan insonlar hayotiga befarq bo‘lmagan hamfikrlar bilan yangi tanishuvlar maydoniga aylandi.»

 

«Bugun men nogironlik nafaqat cheklov, balki sharoit yetishmasligi va noto’g’ri munosabatda ekanligini bilib oldim.»

Trening ishtirokchilari

 

Bizning treningimiz uchun bepul joy ajratib bergani uchun GroundZero Kitob Olami kovorking markaziga alohida minnatdorchilik bildiramiz!

 

Diqqat! Agar siz ham oʻz tashkilotingizni inklyuziv qilishni istasangiz, SHAROIT PLYUS treninglari koordinatori Ulugʻbek Mamatxonov bilan +998 (90) 113-25-52 (Telegram: @U_Mamatkhanov) telefon orqali bogʻlaning yoki sharoitplus@gmail.com elektron manzilimizga yozing va xat mavzusida «Trening uchun ariza» deb ko‘rsating.