Yaponiyaning Duskin AINOWA Foundation tomonidan moliyalashtirilgan va Yaponiya nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish jamiyati (Japan Society for Rehabilitation for Persons with Disabilities, JSRPD) Osiyo va Tinch okeani mintaqasi davlatlarida yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 24-Duskin Yetakchilik Trening Dasturiga (24th Duskin Leadership Training) arizalarni qabul qilishni boshladi.
Ushbu dastur Osiyo va Tinch okeani davlatlarida istiqomat qiluvchi, o‘z jamoalarida yetakchi bo‘lish va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ishlash istagi va salohiyatiga ega bo‘lgan nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun mo‘ljallangan. Ushbu dastur nogironligi bo‘lgan bunday yoshlarga Yaponiyada nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy himoya siyosati va xizmatlari bilan tanishish va shu orqali ularning kelajakdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydigan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu trening dasturi birinchi marta 1999-yilda Duskin AINOWA jamg‘armasi tomonidan Osiyo va Tinch okeani mintaqasi nogironlar o‘n yilligini nishonlash loyihasi sifatida (1993-2002) boshlangan. O‘tgan yigirma to‘rt yil ichida butun Osiyo va Tinch okeanidan 144 kishi dasturni yakunlagan.
Dasturda taxminan 10 nafar nomzod ishtirok etishi rejalashtirilgan. Dastur 2024-yil sentyabrdan 2025-yil iyungacha 10 oy davomida bo‘lib o‘tadi, barcha harajatlar to‘liq qoplanadi va stipendiya beriladi. Dastur ingliz yoki yapon tilida olib boriladi. Dastur 3 bosqichga bo‘lingan reja bo‘yicha olib boriladi: yapon tilini o‘rganish, guruhli treninglar va individual treninglar. Batafsil ma’lumotni ingliz va yapon tillarida ushbu havola orqali olishingiz mumkin: https://www.normanet.ne.jp/~duskin/english/apply/index.html
Trening dasturining asosiy jihatlari:
- Taxminan 10 oylik o‘quv dasturi uch qismdan iborat bo‘ladi – yapon (imo-ishora) tilini o‘rganish, guruh treningi va individual trening.
- Trening ishtirokchisi o‘zining qiziqishlari va kelajakdagi maqsadlaridan kelib chiqqan holda o‘zining shaxsiy o‘quv dasturini tuzadi. Yakuniy o‘quv rejasi JSRPD o‘quv koordinatorlari va tegishli tashkilotlar mutaxassislari bilan maslahatlashgan holda tuzilishi mumkin.
- Asosan, barcha treninglar yapon (imo-ishora) tilida olib boriladi.
- Dastlabki uch oy intensiv yapon (imo-ishora) tili darslariga bag‘ishlanadi. Yetarli til bilimi stajyorga Yaponiyadagi odamlar bilan muloqot qilish va fikr almashish imkonini beradi. Shuningdek, tinglovchilar o‘z taqdimotlarini yapon (imo-ishora) tilida qilishlari shart.
- Trening ishtirokchisi kuzatuv va amaliy tajriba orqali foydalanish imkoniyati va ijtimoiy xizmatlarning joriy holati va nogironlar/uning harakati haqida bilib oladi.
- Nogironlik bo‘yicha konferentsiyalar va seminarlarda qatnashish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
- Trening ishtirokchisi Yangi yil bayramlarini yapon oilasi bilan o‘tkazadi.
- Stajyor turli mamlakatlardagi nogironligi bo‘lgan rahbarlar va faollar bilan uchrashib, tegishli sohalarda xalqaro hamkorlik bo‘yicha so‘nggi maʼlumotlarni oladi.
- Trening keng ko‘lamli amaliy mavzularni o‘z ichiga oladi, jumladan, loyiha takliflari va hisobotlarni yozish va taqdimotlarni qanday o‘tkazish.
- Trening ishtirokchisi haftalik hisobotlarni va yakuniy hisobotni taqdim etishi kerak.
Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:
Ushbu dasturga ariza berish uchun sizdan hech qanday ta’lim yoki oldingi ish tajribasi talab qilinmaydi. Biroq, siz quyidagi talablarga mos bo‘lishingiz kerak:
- Nomzod Osiyo-Tinch okeani hududidagi davlat fuqarosi bo‘lishi kerak (O‘zbekiston kiradi).
- Nomzod 2025-yil 25-sentyabr holatiga 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lishi lozim.
- Nomzod yapon (yoki yapon imo-ishora tilida) yoki ingliz tilida (yoki xalqaro imo-ishora tili/ASL) muloqot qila olish
- Nomzod oz vatanida bo‘lajak yetakchi bolish salohiyatiga ega bo‘lishi va nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlashi lozim.
- Nomzod 10 oy Yaponiyada yashay olishi va yapon madaniyatiga moslasha olishi kerak.
- Trening tugaguniga qadar butun o‘quv davri davomida vataningizga vaqtincha qaytishga ruxsat berilmasligini tushunishi kerak.
- kundalik faoliyatingizni yordamisiz bajara olish;
- ota-onasi, yoshi katta birodar yoki qarindosh bo‘lgan kishi kafillikka ega bo‘lishi va
- dasturda ishtirok etish uchun barcha risklarni o‘z zimmasiga olishga rozilik bildirishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar 2023-yil 25-sentyabrga qadar gabul gilinadi.
- Dasturga beriladigan ariza 8 bet va 28 ta bo‘limdan iborat. Ariza yapon yoki ingliz tilida toldiriladi. Barcha bo‘limlar toldirilishi shart.
- Arizada shaxsiy maʼlumotlar, volontyorlik faoliyati, nomzodga yordam beruvchi/masʼul shaxs manzillari va hokazo maʼlumotlar yozilishi kerak.
- Saralash dastlab hujjatlarni ko‘rib chiqish, keyin esa yapon/ingliz tilida suhbatdan o‘tkazish natijalari asosida bo‘ladi.
- Hujjat topshirish jarayonida talab qilinadigan barcha hujjatlar duskin_training@dinf.ne.jp elektron pochta orqali yoki pochta orqali Secretariat for the Duskin Leadership Training in Japan c/o JSRPD 1-22-1 Toyama, Shinjuku-ku, Tokyo 162-0052 JAPAN manziliga jo‘natiladi.
- Ariza bo‘yicha barcha maʼlumotlar: shu yerda.
Taxminiy hujjatlar tarkibi:
- Ariza (PDF nusxasi – bu yerda, Word nusxasi – bu yerda)
- Pasport nusxasi.
- Ingliz va/yoki yapon tili sertifikati. Kursda qatnashish uchun ingliz tilida erkin gaplasha olish talab qilinadi.
- Maʼlumotga egalik hagida hujjat.
- Bog‘lanish uchun maʼlumotlar.
- Masʼul/yordamchi/hamroh shaxs haqida maʼlumot.
- Qo‘shimcha hujjatlar talab gilinishi mumkin. Hujjatlar tarkibi tashkilotchilar tomonidan hujjat topshirish jarayonida maʼlum qilinadi. Dastur hagida to‘liq maʼlumot: shu yerda berilgan.
Nomzodlar ijtimoiy faolligi, motivatsiyasi, til bilishi, kelajakdagi rejalari kabilarga asosan saralanadilar.
Ma’lumot uchun:
Secretariat for the Duskin Leadership Training in Japan
c/o Japanese Society for Rehabilitation of Persons with Disabilities (JSRPD)
1-22-1 Toyama, Shinjuku-ku, Tokyo 162-0052, Japan
Telefon: +81-3-5273-0633
Email: duskin_training@dinf.ne.jp
