«SHAROIT PLYUS» NJB nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi bilan ijtimoiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Ushbu boshlang’ich hamkorlik doirasida 6 iyul kuni «SHAROIT PLYUS» trenerlari agentlikning Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilash ishlash hududiy bo‘limlar mutaxassislari uchun onlayn trening o‘tkazishdi.
Treningni professional trenerlarimiz «SHAROIT PLYUS» Kengashi aʼzosi Dilmurod Yusupov va www.ishplus.uz inklyuziv mehnat loyihasi koordinatori Aziz Abdullayevlar olib bordilar. Mutaxassislar Yoshlar ishlari agentligi xodimlariga nogironlikning ijtimoiy-huquqiy modeli, nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan qanday munosabatda bo‘lish kerakligini aytib berdilar va ularga nisbatan jamiyatimizda shakillangan umumiy stereotiplarni muhokama qilindi, zarur tavsiyalar va ishtirokchilar savollariga javoblar berildi. Treningda agentlikning ja’mi 17ta xodimlari ishtirok etdi.

Zoom orqali tashkillashtirilgan onlayn trening jarayonida
Ishtirokchilar ushbu mavzuga katta qiziqish bildirishdi va faol ishtirok etishdi. Ba’zi ishtirokchilar treningdan avval o‘ylamagan mavzularga to‘xtalib o‘tilganini va ularning muhokamasi ularni ko‘p o‘ylashga majbur qilganini tan oldilar. Trening yakunida biz ishtirokchilar bilan qisqacha anonim so‘rovnoma o‘tkazdik va uning natijalari bilan quyida bo‘lishamiz:
Shaxsan siz uchun ushbu treningning natijalari qanday?
“Trening mening nogironlik haqidagi shaxsiy tushunchamning to‘g’riligini tasdiqladi. Men nogironligi bo‘lgan insonlar bilan qanday muloqot qilishni o‘rgandim”.
«Men nogironlik tushunchasi haqidagi fikrimni o‘zgartirdim, juda ko‘p yaxshi ma’lumot oldim va eng muhimi, nogironlik imkoniyatlarning yetishmasligi ekkanligini o‘zim uchun ta’kidladim.»
«Nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan amalga oshiriladigan muloqotlarimda foydalanadigan kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldim.»
«Trening natijasida nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan muloqotga kirishish bo‘yicha o‘zim uchun katta mahorat darsini oldim.»
«Nogironlik tushunchasiga nisbatan fikrim o’zgardi.»
«Nogironlik bu sharoitlarning yo‘qligi!»
Diqqat! Agar siz ham oʻz tashkilotingizni inklyuziv qilishni istasangiz, SHAROIT PLYUS treninglari koordinatori Ulugʻbek Mamatxonov bilan +998 (90) 113-25-52 (Telegram: @U_Mamatkhanov) telefon orqali bogʻlaning yoki sharoitplus@gmail.com elektron manzilimizga yozing va xat mavzusida «Trening uchun ariza» deb ko‘rsating.
